Farmoyishga ko‘ra, quyidagilar ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilikni yanada takomillashtirishning asosiy ustuvor yo‘nalishlari etib belgilandi:
♦ ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilik normalarini tizimlashtirish va unifikatsiya qilish, ularning barqarorligini ta’minlash;
♦ ma’muriy huquqbuzarliklarni zamonaviy shart-sharoitlardan kelib chiqib qayta ko‘rib chiqish;
♦ huquqbuzarliklarning ijtimoiy xavflilik darajasi hamda jazoning profilaktik ta’sirini inobatga olgan holda ma’muriy javobgarlik choralarining mutanosibligini ta’minlash, muqobil jazo choralarini nazarda tutgan holda ma’muriy jazo tizimini takomillashtirish.
✅ Farmoyish bilan O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha idoralararo komissiya (Idoralararo komissiya) tashkil etildi.
Adliya vazirligi Idoralararo komissiyaning ishchi organi hisoblanadi.