Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 10512 marta o'qildi

Agar chipta ishlatilmagan bo‘lsa, uni qaytarib pulni qaytarib berishni talab qilish mumkin. Pul yo‘lovchining og‘zaki talabi bilan qaytariladi.

Yo‘lovchi tashish poezdida (shaharlararolardan tashqari) yo‘lovchiga sotib olingan chiptaga binoan joy taqdim qilinmaganda, pullar to‘liq qaytariladi.

Temir yo‘l stantsiyasi chipta kassasiga foydalanilmagan chiptalar yo‘lovchi tashish poezdi jo‘nashiga qadar 24 soatdan kechiktirmasdan qaytarilganda, uning to‘liq summasi qaytariladi.

Bunda yo‘lovchidan:
  • qaytarish uchun ketgan summalar;
  • vositachilik yig‘imi ushlab qolinadi.

Foydalanilmagan chiptalar 24 soatdan kamroq, biroq yo‘lovchi tashish poezdi jo‘nashiga qadar 6 soatdan kechiktirmasdan qaytarilganda, chipta qiymati va platskartaning 50% qiymati qaytariladi.

Bunda yo‘lovchidan:
  • qaytarish uchun ketgan summalar;
  • vositachilik yig‘imi;
  • platskartaning 50 foiz qiymati ushlab qolinadi.

Foydalanilmagan chiptalar 6 soatdan kamroq, biroq yo‘lovchi tashish poezdi jo‘nagandan keyin 3 soatdan kechiktirmasdan qaytarilganda, chipta qiymati qaytariladi, platskartaning qiymati qaytarilmaydi

Bunda yo‘lovchidan:
  • qaytarish uchun ketgan summalar;
  • vositachilik yig‘imi;
  • platskartaning 100 foiz qiymati ushlab qolinadi.

Yo‘lovchi, yo‘lovchi tashish poezdini kasalligi tufayli tark etganda, yo‘lovchi tashish poezdida yurishini to‘xtatgan stantsiya dalolatnoma tuzishi va yo‘lovchi talabiga binoan ushbu dalolatnoma asosida unga platskarta qiymati va yo‘lovchi tomonidan bosib o‘tilgan masofa qiymatini ayirib, chiptalar uchun pullarni qaytarib beriladi.

To‘lovlarni qaytarilmaydigan holatlar
  • yo‘lovchi mast holatda bo‘lganda;
  • yo‘lovchi ko‘zdan kechirishdan o‘tmaganda;
  • begona pasport bo‘yicha chiptalarni qaytarish amalga oshirilganda;
  • chiptada bagajni qabul qilish to‘g‘risida shtapm mavjud bo‘lganda;
  • chipta shikastlanganda (yirtilgan, yopishtirilgan va hokazolar);
  • yo‘lovchining poezdga tibbiyot muassasasi hujjatisiz kechikishi 3 soat va undan ortiqni tashkil qilganda.

Plastik kartochkalar bo‘yicha sotilgan chiptalarga to‘lovlarni qaytarish, tashuvchi tomonidan naqd pulsiz asosda, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.


Biletning nuqsoni aniqlangan taqdirda harakatlanish
  • Chiptalar sotish avtomatlashtirilgan tizimi tomonidan berilgan, qo‘lda yozilgan ma’lumotlarga ega chipta haqiqiy deb hisoblanmaydi.
  • Qo‘lda yozish usuli bilan kompostersiz, manzil stantsiyasi ko‘rsatilmasdan, stantsiyalarning nomlari xato va tashuvchining boshqa xodimlari aybi bilan yo‘l qo‘yilgan noaniqliklar bilan rasmiylashtirilgan chiptalar nuqsonli deb topiladi va olib qo‘yiladi. Bu haqda dalolatnoma tuziladi, yo‘lovchiga esa yangi chipta beriladi.
  • Nuqsonli chipta vokzalda poezdda yurish boshlanishdan oldin yoki nuqsonli chipta bilan yo‘lovchi chipta kassasida aniqlanganda, bu haqda dalolatnoma tuziladi, yo‘lovchiga esa yangi chipta beriladi.



Ichki temir yo‘l yo‘nalishlarida qatnovchi yo‘lovchi tashish poezdlarida yo‘lovchi iltimosiga binoan yo‘qotilgan yoki yaroqsiz holga kelgan chiptalar o‘rniga dublikat taqdim etiladi. Dublikat faqat O‘zbekiston Respublikasi hududida qatnovchi yo‘lovchi tashish poezdlariga va tashuvchining shakllantirilgan yo‘lovchi tashish poezdlariga beriladi.

Xalqaro yo‘nalishlarda rasmiylashtirilgan chiptalar qayta tiklanmaydi



Mazkur sohada huquqlaringiz buzilgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspektsiyasiga ushbu havola orqali murojaat qiling.

Chat