Nizomga ko‘ra, arxiv axborot tizimidan davlat organlari va tashkilotlari hamda operator o‘rtasida tuziladigan shartnomaga asosan foydalaniladi.
Davlat organlari va tashkilotlari Arxiv axborot tizimiga ulanish uchun arizani Arxiv axborot tizimida so‘rov yuborishga mo‘ljallangan maxsus oyna orqali operatorga yuboradi.
Operator ariza kelib tushgan kundan boshlab 2 ish kunida uni ko‘rib chiqadi.
Ariza mazkur Nizom talablariga muvofiq bo‘lgan taqdirda, operator davlat organlari va tashkilotlarini Arxiv axborot tizimiga ulash yuzasidan shartnomani ularga elektron shaklda yuboradi.
Davlat organlari va tashkilotlari shartnomani imzolab, unda ko‘rsatilgan to‘lovlarni to‘lagandan so‘ng operator foydalanuvchini 2 ish kuni ichida Arxiv axborot tizimiga ulash choralarini ko‘radi.