Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 202 marta o'qildi

Mahalla raisi mahalla hududidagi umumiy muammolarni o‘rganadi hamda ularni hal etish uchun tegishli davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi.


Mahalla raisining asosiy vazifalari:

  • aholi muammolarini aniqlash va mas’ul tashkilotlarga etkazish;

  • mahalla infratuzilmasini yaxshilashga ko‘maklashish;

  • ko‘cha va xonadonlarning obodligini ta’minlash;

  • hududni ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tashkil etish;

  • ommaviy hasharlarni o‘tkazish;

  • milliy qadriyatlar, urf-odat va an’analarni targ‘ib qilish;

  • “Mahalla ettiligi” a’zolari faoliyatini muvofiqlashtirish;

  • qonunchilik hujjatlari ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini tashkil etish.

Mahalladagi biror muammo qaysi tashkilot yoki mas’ul xodim vakolatiga kirishini bilmasangiz, avvalo mahalla raisiga murojaat qilishingiz mumkin.

Chat