Uning asosiy vazifalari:
mahalladagi yoshlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shakllantirish;
ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlashga ko‘maklashish;
yoshlarning muammolarini manzilli o‘rganish;
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash;
ijtimoiy faol va tashabbuskor yoshlarga ko‘maklashish;
sport va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish;
kitobxonlikni keng rivojlantirish;
xorijda yashayotgan yoki ishlayotgan yosh vatandoshlar bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish.
O‘qish, kasb-hunar, ishga joylashish, “Yoshlar daftari”, sport yoki yoshlar loyihalari bo‘yicha mahalladagi yoshlar etakchisiga murojaat qilishingiz mumkin.