U quyidagi yo‘nalishlarda faoliyat olib boradi:
mahallada jamoat tartibini saqlash;
huquqbuzarlik sodir etishga moyil shaxslar bilan ishlash;
jinoyat va huquqbuzarliklarning sabablarini o‘rganish;
nizoli va xavfli vaziyatlarning oldini olish;
nazoratsiz yoki qarovsiz qolgan voyaga etmaganlarni himoya qilish;
fuqarolarni turli noqonuniy va zararli oqimlar ta’siridan himoyalash;
huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borish.
Mahallada jamoat tartibi buzilishi, oilaviy nizo, voyaga etmaganlar nazoratsiz qolishi yoki huquqbuzarlik xavfi mavjud bo‘lsa, profilaktika inspektoriga murojaat qilish mumkin.