Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 130 marta o'qildi

Yuridik kuch nima?

Yuridik kuch — normativ-huquqiy hujjatning majburiylik darajasi va boshqa huquqiy hujjatlarga nisbatan ustuvorligini ifodalaydi.

Normativ-huquqiy hujjatlarning yuridik kuchi ularni qabul qilgan organning vakolati, hujjatning turi va qonunchilikda belgilangan o‘rniga qarab aniqlanadi.

Qaysi hujjat yuqori yuridik kuchga ega?

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi oliy yuridik kuchga ega, to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladi va mamlakatning butun hududida qo‘llaniladi.

Qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar Konstitutsiya asosida va uni ijro etish uchun qabul qilinadi.

Normativ-huquqiy hujjatlar yuridik kuchiga ko‘ra quyidagi tartibda qo‘llaniladi:

  • O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi;
  • O‘zbekiston Respublikasining qonunlari;
  • Oliy Majlis palatalarining qarorlari;
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari;
  • Vazirlar Mahkamasining qarorlari;
  • vazirliklar va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlari;
  • mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari.

Quyi turuvchi hujjat qanday bo‘lishi kerak?

Quyi yuridik kuchga ega normativ-huquqiy hujjat yuqori yuridik kuchga ega hujjatga muvofiq bo‘lishi shart.

Vazirlik, idora yoki mahalliy davlat hokimiyati organi o‘z vakolatidan tashqari masala bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat qabul qilishi mumkin emas.

Qonunosti hujjati bilan qonun darajasida tartibga solinishi lozim bo‘lgan masalalar bo‘yicha yangi huquqiy normalar belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi.

Chat