Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 2802 marta o'qildi

Yo‘lovchi chiptasida ko‘rsatilgan yo‘nalishdan boshqa noto‘g‘ri yo‘nalish poezdiga adashib chiqqan yo‘lovchi, poezdni eng yaqin stantsiyada tark etishi kerak.


Bu holatda, yo‘lovchi tashish poezdi brigadiri asosiy o‘tqazish stantsiyasiga yo‘lovchini bepul qaytish huquqini beruvchi dalolatnoma tuzadi, yo‘lovchidan jarima undirilmaydi.

  • Chiptada ko‘rsatilgan muddatdan oldin yo‘lovchi tashish poezdiga o‘tirgan yo‘lovchi tashish poezdidan chiqarilishi shart emas. Yo‘lovchi poezd etarli to‘xtash vaqtiga ega bo‘lgan yo‘ldagi birinchi stantsiyada o‘z chiptasini qaytarishga topshirishi va ushbu poezdga chipta rasmiylashtirishi kerak.
  • Foydalanilmagan chipta qaytarilishi umumiy asosda amalga oshiriladi

Yuqori baholanuvchi toifa vagoniga unda ketish huquqini bermaydigan chiptalar bilan kirib qolgan yo‘lovchidan jarima undirilmaydi. Yo‘lovchi bu holda uning chiptasiga mos keluvchi vagonga o‘tishi shart yoki bo‘sh joylar mavjudligida ushbu vagonda belgilangan tartibda tegishli qo‘shimcha to‘lab qolishi mumkin.

Chat