Yo‘lovchilar va tashrif buyuruvchilar, ularning qo‘l yuki hamda bagaji temir yo‘l vokzali yoki stantsiyasining nazorat qilinadigan hududiga kirishdan oldin ko‘zdan kechiriladi.
Ko‘zdan kechirish vokzal oldida maxsus jihozlangan nazorat punktlarida amalga oshiriladi.
Ko‘zdan kechirishga:
Ko‘zdan kechirishdan o‘tish yoki qo‘l yuki va bagajni tekshirishga taqdim etish rad etilsa, shaxs nazorat qilinadigan hududga kiritilmaydi.
Ko‘zdan kechirishda:
Yo‘lovchi metall buyumlarini maxsus idishga qo‘yib, turg‘un metall detektordan o‘tadi. Signal berilsa, qo‘l metall detektori yoki belgilangan tartibda shaxsiy ko‘rik qo‘llaniladi.
Qo‘l yuki va bagaj introskop orqali tekshiriladi. Texnik vositadan foydalanish imkoni bo‘lmasa, tekshiruv qo‘l metall detektori va bevosita ko‘zdan kechirish orqali amalga oshiriladi.
Qo‘l yuki va bagaj, qoida tariqasida, egasining ishtirokida ko‘zdan kechiriladi.
Agar introskopda buyumning tasviri noaniq bo‘lsa yoki shubhali narsa ko‘rinsa, bagaj ochib tekshirilishi mumkin.
Kechiktirib bo‘lmaydigan holatlarda ashyolar egasisiz, ikkita xolis guvoh ishtirokida ko‘zdan kechirilishi mumkin.
Qo‘l yuki yoki bagajdan taqiqlangan xavfli modda yoxud buyum topilsa, olib qo‘yish bayonnomasi tuziladi va uning bir nusxasi yo‘lovchiga beriladi.
Radio, televizion, audio va video texnika, shaxsiy kompьyuter, planshet va boshqa elektron vositalar introskop orqali tekshiriladi.
Zarur hollarda:
Apparatni o‘chirish, quvvatlantirish bloki yoki g‘ilofini ochishni buyum egasi amalga oshiradi.
Yurak faoliyatini ta’minlovchi implantatsiya qilingan qurilmasi bo‘lgan shaxslar maxsus texnik vositalar qo‘llanilmasdan, qo‘lda yoki shaxsiy ko‘rik usulida tekshiriladi.
Bu haqda nazorat xodimiga tekshiruvdan oldin xabar berish maqsadga muvofiq.
VIP maqomga yoki VIP toifadagi vagon chiptasiga ega bo‘lgan yo‘lovchilar ham belgilangan tartibda ko‘zdan kechiriladi.
VIP maqomi xavfsizlik tekshiruvidan ozod qilmaydi.
Shaxsiy ko‘rik avtomatik tarzda emas, jumladan, quyidagi asoslar mavjud bo‘lganda o‘tkaziladi:
Shaxsiy ko‘rik maxsus jihozlangan xonada, ko‘rikdan o‘tkazilayotgan shaxs bilan bir jinsdagi vakolatli shaxs tomonidan va shu jinsdagi ikkita xolis guvoh ishtirokida amalga oshiriladi.
Shaxsiy ko‘rik va ashyolarni ko‘zdan kechirish haqida bayonnoma tuziladi yoki bu haqda ma’muriy huquqbuzarlik yoxud ma’muriy ushlab turish bayonnomasiga qayd kiritiladi.
Ko‘zdan kechirish xodimlari:
Ko‘zdan kechirish tartibi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 17-apreldagi 159-son qarori, shaxsiy ko‘rikning umumiy talablari esa Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 289-moddasi bilan belgilangan.