Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 19505 marta o'qildi

Nikohdan ajrashishni sud qarori asosida qayd etish

O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 47-moddasiga binoan nikoh FHDYo organida nikohdan ajratish qayd etilgan kundan boshlab tugatiladi.

FHDYo organi sud qarori asosida er-xotinlardan birining arizasiga binoan nikohdan ajratish to‘g‘risidagi dalolatnoma yozuvini qayd etadi va nikohdan ajratish to‘g‘risidagi guvohnomani beradi.

Bunda nikohdan ajratishni qayd etishgacha FHDYo organi er yoki xotindan birining nikohdan ajratilganlik fakti rasmiylashtirilganligini «FHDYoning yagona elektron arxivi» axborot tizimi orqali tekshiradi.

Agar nikohdan ajratish FHDYo organida tomonlardan birining arizasiga ko‘ra qayd etilgan bo‘lsa, u holda dalolatnoma yozuvi ikkinchi tomon to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan to‘ldiriladi va nikohdan ajratganlik to‘g‘risida guvohnoma beriladi.

Nikohdan ajralganlik to‘g‘risidagi dalolatnoma yozuvini qayd etish, nikohdan ajralganlik to‘g‘risidagi dalolatnomadagi yozuvlarga qo‘shimchalar kiritish va nikohdan ajralganlik to‘g‘risidagi guvohnomani berish, shuningdek tomonlardan birining ishonchnoma asosida harakat qiluvchi vakilning arizasi bo‘yicha ham amalga oshirilishi mumkin.

1998-yil 1 sentyabrdan 2010-yil 15-sentabrgacha bo‘lgan davrda qonuniy kuchga kirgan sud qarorlari bo‘yicha nikohdan ajratishni qayd etish yo‘qolgan dalolatnoma yozuvlarini tiklash tartibi va qoidalariga binoan amalga oshiriladi.

Ariza YaIDXP orqali elektron shaklda berilgan taqdirda, ariza beruvchi er (xotin)ning shaxsi Face-ID yoki MyID tizimlari orqali tasdiqlanadi.

Natijasi yuzasidan FHDYo organi bir ish kuni ichida ariza beruvchining YaIDXPdagi shaxsiy kabinetiga arizani ko‘rib chiqish vaqti va o‘zi yoki ishonchnoma asosida harakat qiluvchi vakili tomonidan sudning tegishli hal qiluv qarorining asl nusxasini olib kelishi haqida xabarnoma yuboradi.

Bunda xabarnoma yuborilgan kundan boshlab, besh ish kuni ichida ariza bergan er (xotin) yoki ishonchnoma asosida harakat qiluvchi vakil bevosita murojaat qilmasa hamda sudning tegishli hal qiluv qarorining asl nusxasi taqdim etilmasa, ushbu ariza ko‘rib chiqilmaydi.

MDH mamlakati va chet el davlat sudi tomonidan qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori asosida O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bilan nikohdan ajratish (qaror qachon chiqqanidan qat’i nazar) agar davlatlararo bitimda boshqa hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, umumiy tartibda FHDYo organida qayd etiladi. Nikohdan ajratishni qayd etishda O‘zbekiston Respublikasining «Davlat boji to‘g‘risida»gi Qonuni bilan belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi.


Xizmat uchun davlat boji qonunga muvofiq undiriladi.

  • Muddat: sud qarori kuchga kirgach.
  • Natija: nikohning bekor qilinganligi haqidagi guvohnoma.

  • FHDYo organlari haqida ma’lumot olish uchun quyidagi havolaga o‘ting.
  • FHDYo organi qabuliga yozishi uchun havolaga o‘ting.
Chat