Vasiylar va homiylarning o‘z majburiyatlarini bajarishi ustidan nazorat vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning yoxud vasiy yoki homiyning yashash joyidagi vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi.
Voyaga etmagan shaxslarga nisbatan bunday vakolatli organ — tuman yoki shahar «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi hisoblanadi.
Nazoratning maqsadi vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning:
Vasiylik yoki homiylikka berilgan bolaning turmush va tarbiya sharoitlari har uch oyda kamida bir marta xonadonga tashrif buyurish orqali o‘rganiladi.
Monitoring davomida bolaning yashash sharoiti, sog‘lig‘i, ta’lim olishi, vasiy yoki homiy va boshqa oila a’zolari bilan munosabatlari hamda ajratilgan mablag‘lardan foydalanilishi baholanadi.
Bolaning yoshi va tushunish qobiliyati hisobga olingan holda uning fikri ham alohida o‘rganiladi.
Muhim! Monitoring bolaning oilaviy va shaxsiy hayotiga asossiz aralashish uchun emas, balki uning huquqlari, xavfsizligi va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun o‘tkaziladi.
Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning hayoti yoki sog‘lig‘iga bevosita xavf tug‘ilganidan, unga nisbatan zo‘ravonlik sodir etilganidan yoxud huquqlari buzilganidan xabardor bo‘lgan shaxs bu haqda:
Ma’lumotni olgan organlar shaxsni himoya qilish va xavfni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralarni ko‘radi.
Vasiy yoki homiy o‘z majburiyatlarining bajarilishi to‘g‘risidagi hisobotni har yili 10 yanvargacha vasiylik va homiylik organiga taqdim etadi.
Hisobotda:
Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs vasiy yoki homiyning harakati yoxud harakatsizligi ustidan vasiylik va homiylik organiga yoki sudga shikoyat qilishga haqli.
Bunday shikoyatni davlat organlari, muassasalar, mahalla organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va huquqbuzilishdan xabardor fuqarolar ham berishi mumkin.
Vasiy yoki homiy o‘z majburiyatlarini bajarmasa, huquqini suiiste’mol qilsa yoki shaxsni nazoratsiz va zarur yordamsiz qoldirsa, u majburiyatlarni bajarishdan chetlashtirilishi mumkin.
Material O‘zbekiston Respublikasining «Vasiylik va homiylik to‘g‘risida»gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 22 sentyabrdagi 269-son qarori va Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 893-son qarori asosida tayyorlandi.