Patronat — etim bola yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolani vakolatli organ bilan tuzilgan shartnoma asosida oilada tarbiyalash shaklidir.
Patronat farzandlikka olish hisoblanmaydi. Bola bilan tutingan ota-ona o‘rtasida farzandlikka olishga xos bo‘lgan qarindoshlik munosabatlari avtomatik ravishda yuzaga kelmaydi.
Bola patronat oilaga berilganda ham uning aliment, pensiya, nafaqa, mulk va turar joyga bo‘lgan huquqlari saqlanadi.
Muhim! Amaldagi tartibga ko‘ra, bola patronat shaklida faqat to‘g‘ri yoki yon shajara bo‘yicha qarindoshiga beriladi. Bolani qarindoshlariga berishda voyaga etgan mehnatga layoqatli aka va opalariga ustunlik beriladi.
Muomalaga layoqatli voyaga etgan erkak yoki ayol tutingan ota-ona bo‘lishi mumkin.
Quyidagi shaxslarga bolani patronatga olishga yo‘l qo‘yilmaydi:
Nomzod yashash joyidagi tuman yoki shahar «Inson» ijtimoiy xizmatlar markaziga bevosita yoki hududga biriktirilgan ijtimoiy xodim orqali ariza beradi.
Ariza asosida nomzodning:
Qonunchilikda nazarda tutilgan ayrim ma’lumotlar vakolatli organ tomonidan idoralararo axborot almashinuvi orqali olinadi.
Nomzod farzandlikka oluvchilar va tutingan ota-onalarni tayyorlash kursidan o‘tib, tegishli sertifikat olishi kerak.
Tayyorlov davomida bolaning psixologik holati, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lish oqibatlari, bolaning yangi oilaga moslashuvi, nizoli holatlarni bartaraf etish hamda tutingan ota-onaning huquq va majburiyatlari tushuntiriladi.
Nomzod bo‘yicha ijobiy xulosa qabul qilingach, u tegishli hisobga qo‘yiladi.
Bola «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi bilan tutingan ota-ona o‘rtasida tuziladigan shartnoma asosida oilaga beriladi.
Shartnomada:
Bolani patronatga berishda uning yoshi, sog‘lig‘i, psixologik holati, qarindoshlik munosabatlari va fikri hisobga olinadi.
Tutingan oilaga tarbiyalash uchun ko‘pi bilan 5 nafar bola berilishi mumkin.
Oiladagi o‘z bolalari, farzandlikka olingan va tutingan bolalarning umumiy soni, qoida tariqasida, 8 nafardan oshmasligi kerak.
Bolani tarbiyalash va parvarishlash:
Tutingan ota-ona:
Bola, agar bu uning manfaatlariga zid bo‘lmasa, vakolatli organning ruxsati bilan ota-onasi va qarindoshlari bilan ko‘rishish huquqiga ega.
Patronatga olingan har bir bola uchun:
Mablag‘lar bola oilaga qabul qilinganidan keyin ajratiladi. Yangi qabul qilingan bola uchun birinchi oydagi to‘lov u oilada tarbiyalangan kunlarga mutanosib ravishda hisoblanadi.
Bolaga ajratilgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish uchun tutingan ota-ona javobgar hisoblanadi.
Patronat oilada tarbiyalanayotgan bolaning turmush va tarbiya sharoitlari har oyda kamida bir marta, tutingan ota-onaning xonadoniga tashrif buyurish orqali o‘rganiladi.
Monitoringda:
o‘rganiladi.
Shartnoma vakolatli organ tashabbusi bilan quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin:
Tutingan ota-ona bir oydan ortiq kasal bo‘lsa yoki bola bilan o‘zaro munosabatlarda hal etib bo‘lmaydigan muammo yuzaga kelsa, shartnomani muddatidan oldin bekor qilishni so‘rashi mumkin.
Bola biologik ota-onasiga qaytarilganda, farzandlikka olinganda yoki boshqa muqobil joylashtirish shakliga o‘tkazilganda ham shartnoma bekor qilinadi.
Material O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi va Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 893-son qarori asosida tayyorlandi.