Sud bolaning eng ustun manfaatlarini hisobga olgan holda ota-onani huquqidan to‘liq mahrum qilmasdan, bolani ota-onadan yoki ulardan biridan olish to‘g‘risida qaror chiqarishi mumkin. Bu ota-onalik huquqini cheklash hisoblanadi.
Cheklashga quyidagi hollarda yo‘l qo‘yiladi:
Muhim! Huquqni cheklash ota-onalik huquqidan mahrum qilish bilan bir xil emas. Biroq har ikki holatda ham asosiy mezon — bolaning xavfsizligi va eng ustun manfaatlari.
Agar ota-ona o‘z xulq-atvorini o‘zgartirmasa, vasiylik va homiylik organi sud qarori chiqarilganidan keyin olti oy o‘tgach, uni ota-onalik huquqidan mahrum qilish haqida da’vo kiritishi shart. Bolaning manfaatlari talab qilsa, da’vo olti oy o‘tmasidan ham kiritilishi mumkin.
Da’vo quyidagilar tomonidan taqdim etilishi mumkin:
Ish prokuror va vasiylik hamda homiylik organi ishtirokida ko‘riladi. Sud bolaning ta’minoti uchun aliment undirish masalasini ham hal qiladi.
Huquqi cheklangan ota-ona bolani shaxsan tarbiyalash, shuningdek bolali fuqarolar uchun belgilangan imtiyoz va nafaqalarni olish huquqidan mahrum bo‘ladi.
Shu bilan birga:
Agar muloqot bolaga salbiy ta’sir ko‘rsatmasa, ota-onaning bola bilan ko‘rishishiga ruxsat berilishi mumkin. Buning uchun vasiylik va homiylik organi, vasiy yoki homiy, tutingan ota-ona yoxud bola turgan muassasa ma’muriyatining roziligi talab etiladi.
Cheklashga sabab bo‘lgan holatlar bartaraf etilsa, sud ota-onaning da’vosi asosida bolani unga qaytarish va cheklovlarni bekor qilish haqida qaror chiqarishi mumkin.
Agar bolani qaytarish uning eng ustun manfaatlariga zid bo‘lsa, sud bolaning fikrini hisobga olib da’voni rad etishga haqli.
Tartib O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksining 83–86-moddalari bilan belgilangan.