Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 7569 marta o'qildi

Boshqa-boshqa ota-onadan tug‘ilgan voyaga yetmagan bolalar uchun sudning bir necha hal qiluv qarorlariga asosan bir ota (ona)dan undirilayotgan alimentning umumiy miqdori belgilangan miqdordan oshib ketsa, aliment to‘lovchi ota (ona) aliment to‘lash haqidagi sudning hal qiluv qarori yoki sud buyrug‘i kimning foydasiga chiqqan bo‘lsa, o‘sha shaxslarning har biriga nisbatan alimentning miqdorini tegishincha kamaytirish to‘g‘risida da’vo taqdim etishi mumkin.

  • Sud sudlarning barcha hal qiluv qarorlariga binoan to‘lanishi lozim bo‘lgan, belgilangan aliment miqdoridan kelib chiqqan holda, bolalarga nisbatan sudlarning hal qiluv qarorlari mavjud bo‘lsa, ularning har biriga tegishli bo‘lgan alimentning teng ulushdagi yangi miqdorini belgilaydi.
  • Alimentning miqdorini kamaytirishga asos bo‘lgan holatlar tugagan taqdirda, voyaga yetmagan bolalari uchun aliment oluvchi shaxs belgilangan miqdorda aliment undirish to‘g‘risida da’vo bilan sudga murojaat qilishga haqlidir.
Chat