Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 24805 marta o'qildi

Oilaviy poliklinika va qishloq vrachlik punktlarida qabulni, qoida tariqasida, oilaviy shifokor amalga oshiradi. U bemorni tor doiradagi shifokorga (lor, okulist, stomatolog, kardiolog, jarroh, nevropatolog, gastroenterolog, ginekolog, pediatr va boshqa) yuborishi mumkin.

Umumiy amaliyot shifokori quyidagi huquqlarga ega:
  • kasbiy malakalasini oshirish va belgilangan tartibda malaka toifasini olish uchun attestatsiyadan o‘tish;
  • amaldagi me’yoriy hujjatlarga muvofiq ambulatoriya yoki oiladagi bemorni parvarish qilish uchun mehnatga layoqatsizlik varaqasini beradi;
  • uyida vafot etganligi tibbiy ma’lumotnoma berish;
  • oilaviy poliklinika rahbariyatiga va sog‘liqni saqlashning yuqori turuvchi boshqaruv organlariga aholiga biriktirilgan tibbiy-ijtimoiy yordamni yaxshilash bo‘yicha takliflar kiritish;
  • yig‘ilishlarda, ilmiy va amaliy konferentsiyalarda ishtirok etish, umumiy amaliyot shifokorining maqsad va vazifalariga mos keladigan turli xil jamoat va professional tashkilotlarga a’zo bo‘lish;
  • boshqa mutaxassislar tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlarda ishtirok etish va boshqalar.

Hamshiralar va felьdsherlar shifokorga bemorni davolash bo‘yicha yordam ko‘rsatadilar. Ular asosan bemorning arterial qon bosimi, uning bo‘yi va vaznini o‘lchaydilar, in’ektsiya qiladilar, fizioterapiyani o‘tkazadilar.

Laborantlar shifokorlarga laboratoriya tadqiqoti o‘tkazilishida yordam beradilar.

Chat