Shrift o‘lchami
Ko‘rinish
Xodim xizmat topshirig‘ini bajarish uchun xorijga xizmat safariga yuborilishi mumkin.
Xizmat safariga rahbarning buyrug‘i asosida yuboriladi va xizmat safarining quyidagi xarajatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplab beriladi:
Sutkalik xarajatlar xizmat safaridagi har bir kun uchun belgilangan me’yorlarning 100 foizi miqdorida xorijiy valyutada to‘lanadi (ayrim shaxslarga ustamalar to‘lanadi). Jo‘nab ketish hamda qaytib kelish kuni O‘zbekiston Respublikasining davlat chegarasini kesib o‘tish kuni hisoblanadi (chegara-nazorat punktlari qo‘ygan belgisi bo‘yicha aniqlanadi). Xorijda uzluksiz 60 sutkadan ortiq (61-kundan boshlab) xizmat safarida bo‘lganlarga nisbatan va boshqa shaxslar uchun sutkalik xarajatlarni qoplashning boshqacha tartibi belgilanadi.
Xorijga xizmat safarlariga yuborilganda yashash uchun (turar joyni ijarasi bo‘yicha) xarajatlar xorijiy valyutada belgilangan me’yorlar asosida to‘lanadi Yashash uchun (turar joyni ijarasi bo‘yicha) qo‘shimcha xarajatlar belgilangan me’yorlar asosida mehmonxonalar mavjud emasligini tasdiqlovchi ma’lumot asosida tashkilot rahbari qarori bilan qoplab beriladi Ovqatlanish va boshqa shaxsiy xizmatlar (mini-bar, kabelь televideniesi, kiyimlarni yuvdirish va dazmollatish va boshqalar) sutkalik xarajatlar hisobidan to‘lanadi va alohida qoplanmaydi.
Transport xarajatlarini qoplash tashkilot rahbarlari amalga oshiriladi: Tashkilotlar rahbarlarining o‘rinbosarlariga, Bosh konsullar – alohida xorijdagi konsullik muassasasi rahbarlariga: Boshqa barcha xizmat safariga yuboriladigan shaxslarga:
Vakillik xarajatlari vakillarning (qatnashchilarning) rasmiy qabuli (nonushta, tushlik yoki shunga o‘xshash tadbirlar)ni o‘tkazish, ularning transport ta’minoti, muzokaralar vaqtida bufet xizmatlarini ko‘rsatish, tashkilot shtatida bo‘lmagan tarjimon xizmatiga haq to‘lash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar boshlang‘ich hisob hujjatlari asosida qoplab beriladi. Ko‘zda tutilmagan xarajatlar uchun 1000 AQSh dollarigacha ajratiladi va Hukumat delegatsiyasi a’zolaridan biriga hisobot topshirish sharti bilan beriladi.
Transport, yashash uchun (turar joyni ijarasi bo‘yicha), sutkalik, vakillik va ko‘zda tutilmagan xarajatlardan tashqari hujjatlar bilan tasdiqlangan quyidagi xarajatlar ham qoplanadi: Tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda tegishli xizmat safari xarajatlari qoplanmaydi.