
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga, qoida tariqasida, 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar qabul qilinadi.
To‘liq quvvat bilan ishlamayotgan ayrim davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga 2 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarni pullik xizmat asosida qabul qilishga ruxsat berilgan. Bu imkoniyat har bir tashkilotda bo‘sh o‘rin va tegishli sharoit mavjudligiga bog‘liq.
Yo‘llanma — bolani tanlangan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga qabul qilish huquqini tasdiqlovchi elektron hujjat.
Ariza:
Xizmat bepul ko‘rsatiladi. Ariza beruvchi bir vaqtda bolani 3 tagacha maktabgacha ta’lim tashkilotiga navbatga qo‘yishi mumkin.
Qoida tariqasida, so‘rovnomani to‘ldirishning o‘zi etarli. Imtiyozga oid ma’lumotlar davlat axborot tizimlaridan avtomatik olinadi, tizimda mavjud bo‘lmagan ayrim holatlar esa tegishli hujjat bilan tasdiqlanadi.
Tanlangan tashkilot va bolaning yoshiga mos guruhda:
Yo‘llanma bo‘sh o‘rin paydo bo‘lgan kuni navbat asosida avtomatik rasmiylashtiriladi. Arizachi navbat holatini onlayn kuzatishi yoki Davlat xizmatlari markazidan bepul ma’lumot olishi mumkin.
Yo‘llanma shakllangani haqidagi xabarnoma ariza beruvchining telefon raqamiga va tanlangan tashkilotga yuboriladi.
Ariza beruvchi xabarnomadagi tasdiq kodini taqdim etganidan keyin bolani qabul qilish tashkilot rahbarining buyrug‘i bilan 2 ish kuni ichida rasmiylashtiriladi. Qabul yo‘llanma shakllanganidan keyin 15 ish kuni ichida rasmiylashtirilmasa, yo‘llanma haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Qabul qilishda, shuningdek, bolaning sog‘lig‘i holati haqida tibbiy ma’lumotnoma taqdim etiladi.
Davlat xizmatini ko‘rsatish:
Tuzatish mumkin bo‘lgan xato aniqlansa, ariza beruvchiga uni 5 ish kuni ichida bartaraf etish imkoniyati beriladi. Boshqa asoslar bilan rad etish taqiqlanadi.
Bola tanlangan tashkilotlardan biriga qabul qilinib, rasmiylashtirilsa, boshqa tashkilotlarga berilgan arizalar avtomatik bekor qilinadi.
Qisqa muddatli guruh yoki Ilk rivojlanish markaziga qabul qilingan bolalar uchun ushbu istisno qo‘llanilmaydi.