Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 20819 marta o'qildi

Ta’lim-tarbiya qanday tashkil etiladi?

Maktabgacha ta’lim tashkiloti bolalarni tarbiyalash, o‘qitish, parvarishlash va sog‘lomlashtirishni davlat talablariga muvofiq ta’minlaydi.

Ta’lim mazmuni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tasdiqlagan davlat ta’lim dasturi asosida ishlab chiqilgan tashkilot dasturi bilan belgilanadi. Ta’lim-tarbiya jarayonining asosiy shakli o‘yin hisoblanadi.

Ta’lim-tarbiya jarayoni — bolaning jismoniy, aqliy, nutqiy, ijtimoiy, hissiy va ijodiy rivojlanishiga qaratilgan mashg‘ulotlar, o‘yinlar va kundalik faoliyatlar majmuasi.

O‘quv yili qancha davom etadi?

Maktabgacha ta’lim tashkilotida:

  • o‘quv yili — 2 sentyabrdan keyingi yilning 31-mayigacha;
  • yozgi sog‘lomlashtirish davri — 1-iyundan 31-avgustgacha davom etadi.

Mashg‘ulotlar yillik, kalendarь-mavzuli rejalar va jadval asosida tashkil etiladi.

Guruhlarning ish rejimi qanday?

Bolalarning tashkilotda bo‘lish davomiyligiga qarab:

  • qisqa muddatli guruhlar — kuniga 3–4 soat;
  • to‘liq kunli guruhlar — 9, 10,5 yoki 12 soat;
  • kechayu kunduz ishlaydigan guruhlar tashkil etilishi mumkin.

Aniq ish rejimi tashkilot ustavi, muassis qarori va ota-ona bilan tuzilgan shartnomada belgilanadi.

Ovqatlanish va dam olish qanday tashkil etiladi?

Guruh rejimiga qarab:

  • 3–4 soatlik guruhda bir martalik ovqatlanish mumkin, kunduzgi uyqu tashkil etilmaydi;
  • 9–10,5 soatlik guruhda uch martalik ovqatlanish va kunduzgi uyqu;
  • 12 soatlik guruhda to‘rt martalik ovqatlanish va kunduzgi uyqu;
  • kechayu kunduzgi guruhda besh martalik ovqatlanish, kunduzgi va tungi uyqu uchun sharoit yaratiladi.

Bolaning tibbiy ko‘rsatmalari mavjud bo‘lsa, ovqatlanishni tashkil etishda uning sog‘lig‘i va parhezga bo‘lgan ehtiyoji hisobga olinishi kerak.

Bolaning qanday huquqlari bor?

Maktabgacha yoshdagi bola:

  • sog‘lig‘i uchun xavfsiz sharoitda ta’lim va tarbiya olish;
  • davlat kafolatlagan hajmda bepul tibbiy yordam olish;
  • jismoniy va ruhiy zo‘ravonlikdan himoyalanish;
  • sha’ni va qadr-qimmati kamsitilmasligi;
  • yoshi va ehtiyojlariga mos ta’lim olish huquqiga ega.

Ota-onalarning qanday huquqlari bor?

Bolaning qonuniy vakillari:

  • ta’lim shakli va ta’lim olish tilini tanlash;
  • bolaning huquq va manfaatlarini himoya qilish;
  • tashkilotdan zarur ta’lim, parvarish va xavfsizlik sharoitlarini talab qilish;
  • bolaning rivojlanishi va ta’lim jarayoni haqida axborot olish;
  • tashkilot faoliyati bilan bog‘liq qaror va harakatlar ustidan shikoyat qilish huquqiga ega.

Bolaning sog‘lig‘i yomonlashsa nima qilinadi?

Bola tashkilotda bo‘lgan vaqtda sog‘lig‘i yomonlashsa yoki noxush holat yuz bersa:

  • tibbiyot xodimiga;
  • bolaning ota-onasi yoki qonuniy vakiliga zudlik bilan xabar berilishi;
  • zarur birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilishi shart.

Bolalar har yili bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi va ularning sog‘lig‘i monitoring qilinishi kerak.

Chat