Uzoq muddat foydalaniladigan barcha turdagi tovarlar va xizmatlarga ishlab chiqaruvchi yoki ijrochi kafolat muddatini belgilashi lozim.
Kafolat muddati:
Butlovchi buyumlarning kafolat muddati, agar qonunchilikda boshqacha qoida bo‘lmasa, asosiy buyum kafolat muddatidan kam bo‘lishi mumkin emas.
Kafolat muddati tovar pasportida yoki tovar bilan birga iste’molchiga beriladigan boshqa hujjatda ko‘rsatiladi.
Ishlab chiqaruvchi tovardan kafolat va xizmat muddati davomida foydalanish imkoniyatini ta’minlashi, uni ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatishni tashkil etishi shart.
U tovar ishlab chiqarilayotgan davrda hamda ishlab chiqarishdan olib tashlanganidan keyin:
Ishlab chiqaruvchi yoki ijrochi tovar, ish yoki xizmatning xizmat yoki yaroqlilik muddati davomida xavfsiz bo‘lishini ta’minlashi shart.
Agar bunday muddat belgilanmagan bo‘lsa, xavfsizlik tovar iste’molchiga sotilgan yoki ish bajarilgan paytdan boshlab 10 yil davomida ta’minlanishi lozim.
Dori vositalari, tibbiy buyumlar, oziq-ovqat va maishiy kimyo tovarlarida ishlab chiqarish sanasi, yaroqlilik muddati va saqlash shartlari ko‘rsatilishi shart. Yaroqlilik muddati o‘tgan yoki belgilanmagan tovarlarni sotish taqiqlanadi.
Tovar, ish yoki xizmat nuqsoni tufayli iste’molchining hayoti, sog‘lig‘i yoki mol-mulkiga etkazilgan zarar sotuvchi, ishlab chiqaruvchi yoki ijrochi tomonidan qoplanishi lozim.
2026-yil 19-yanvardan, agar hayot yoki sog‘liqqa zarar muvofiqlikni baholash qoidalarining buzilishi natijasida etkazilgan bo‘lsa, muvofiqlikni baholash organi ham sotuvchi, ishlab chiqaruvchi yoki ijrochi bilan birga solidar javobgar bo‘ladi.
Zararni qoplashni hatto sotuvchi yoki ishlab chiqaruvchi bilan bevosita shartnoma tuzmagan iste’molchi ham talab qilishi mumkin.
Eslatma: xavfli tovar qaytarib olinishi e’lon qilingan bo‘lsa, iste’molchi undan foydalanishni to‘xtatishi lozim. Tovarni qaytarib olish bilan bog‘liq holda iste’molchiga etkazilgan zarar qonunda belgilangan tartibda qoplanadi.