O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 42 va 218-moddalariga muvofiq FHDYo organi mulkiy nizolari hamda voyaga etmagan farzandlari (shu jumladan, farzandlikka olinganlari) bo‘lmagan er-xotinlardan nikohdan ajratish to‘g‘risidagi arizani qabul qiladi. Agar xotin homilador bo‘lsa nikohdan ajratish to‘g‘risidagi arizani qabul qilish rad etiladi.
Nikoh tuzilganligi haqida dalolatnoma yozuvi O‘zbekiston Respublikasining FHDYo organlari tomonidan qayd etilgan er-xotinlar tomonidan nikohdan ajratish to‘g‘risida ariza YaIDXP orqali elektron shaklda berilishi mumkin, ushbu Qoidalarning 102-bandi ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan holatlar (Alohida yashovchi er-xotinni nikohdan ajratishni qayd etish ularning birgalikda bergan arizalariga asosan FHDYo organi tomonidan amalga oshiriladi) bundan mustasno.
Bunda er-xotinning shaxsi Face-ID yoki MyID tizimlari orqali tasdiqlanadi hamda er-xotin tomonidan o‘z shaxsini Face-ID yoki MyID tizimlari orqali tasdiqlashi nikohdan ajratishga nisbatan rozilikni bildiradi.
FHDYo organi er-xotinni yarashtirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish uchun nikohdan ajratish to‘g‘risidagi ariza berilgan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmay bu haqida er-xotinning birga yashash joyidagi fuqarolar yig‘inining oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasini, agar ular birga yashamayotgan bo‘lsa, har birining yashash joyidagi fuqarolar yig‘inining oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasini yozma ravishda xabardor qilishi kerak.
Alohida yashovchi er-xotinni nikohdan ajratishni qayd etish ularning birgalikda bergan arizalariga asosan FHDYo organi tomonidan amalga oshiriladi.
Agar er-xotindan biri nikohdan ajralish to‘g‘risidagi arizani berish uchun FHDYo organiga kela olmasa, u holda er-xotin nomidan birgalikda yozilgan arizani ulardan biri topshirishi mumkin. Kela olmagan er yoki xotinning arizadagi imzosi notarial tartibda yoki FHDYo organi mudiri tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi kerak. Arizada er-xotin ajralishga o‘zaro rozi ekanliklari, voyaga etmagan bolalari yo‘qligi, shuningdek ulardan biri nikohdan ajratish qayd etilishi belgilangan kunda FHDYo organiga kela olmasa, nikohdan ajratishning uning ishtirokisiz qayd etilishiga roziligi tasdiqlanadi.
Bunda FHDYo organlari tegishli organlardan voyaga etmagan farzandlari yo‘qligini tasdiqlovchi hujjatlarni so‘rashi mumkin.
Agar nikohdan ajralishga er-xotinning o‘zaro roziligi bo‘lgani holda umumiy mulk haqida yoki mehnatga layoqatsiz, muhtoj er yoki xotinning ta’minoti haqida nizolar bo‘lsa, u holda nikohdan ajratish sud tartibida hal etiladi.
Er yoki xotindan birining nikohgacha bo‘lgan familiyasiga qaytishi to‘g‘risidagi istagi nikohdan ajratish haqidagi arizasida ko‘rsatilishi kerak.
Nikohdan ajratish qayd etilgandan so‘ng nikoh tuzilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaga uning tugatilganligi haqida belgi qo‘yiladi va u arizachilarga qaytariladi.
Nikohdan ajratishni qayd etishda, er va xotinning o‘zaro kelishuviga ko‘ra, ularning biridan yoki ikkalasidan belgilangan tartibda davlat boji undiriladi.
Er yoki xotindan birining ishtirokida nikohdan ajratishni qayd etishda davlat boji to‘liq miqdorda undiriladi.
Ko‘rsatiladigan xizmat uchun to‘lov undiriladi.
- nikohni bekor qilish haqidagi da’vo arizalaridan BHMning 2 baravari
- takroriy nikohni bekor qilish haqidagi da’vo arizalaridan BHMning 4 baravari
FHDYo organi qabuliga yozilish uchun havolaga o‘ting.