Telekommunikatsiya xizmatlari opyerator (provaydyer, eshittiruvchi) va abonent o‘rtasida qonun hujjatlariga muvofiq yozma yoki elektron shaklda tuziladigan shartnomaga asosan taqdim etiladi.
Telekommunikatsiya xizmatlariga ulanish uchun ariza:
- muomala layoqatiga ega bo‘lgan jismoniy shaxs tomonidan;
- qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan yuridik shaxs, shuningdek, uning filiali yoki vakolatxonasi tomonidan berilishi mumkin.
Shartnomani tuzish quyidagi hollarda rad etilishi mumkin:
- murojaatchi voyaga yetmagan jismoniy shaxs bo‘lganda, bundan14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlarning o‘z ota-onalari, farzandlikka oluvchilari yoki homiylarining yozma roziligi bo‘lgan hollar mustasno;
- telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish ko‘zlanayotgan manzil opyerator (provaydyer, eshittiruvchi) xizmat ko‘rsatish zonasiga kirmaganda;
- murojaatchi tomonidan ma’lumotlar to‘liq taqdim etilmaganda;
- taqdim qilingan ma’lumotlarning soxtaligi yoki noto‘g‘riligi aniqlanganda.
"O‘zbektelekom" AKning faoliyati bilan tanishish uchun havolaga o‘ting.