Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 8952 marta o'qildi

Jismoniy yoki yuridik shaxs telekommunikatsiya operatori yoki provayderi bilan shartnoma tuzishdan oldin operator yoki provayderdan:
  • taqdim etiladigan asosiy va qo‘shimcha telekommunikatsiya xizmatlari ro‘yxati;
  • taqdim etiladigan telekommunikatsiya xizmatlari narxi va tariflar;
  • aloqani va abonentning telekommunikatsiya tarmog‘idan foydalana olishni tashkil qilish usullari;
  • ulanish va xizmat ko‘rsatish tartibi;
  • telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etish qoidalari;
  • kafolatlangan xizmat ko‘rsatish darajasi, sifat darajasi, operator (provayder) serverida abonent axborotining himoyalanganligini ta’minlashning kafolatlangan darajasi va boshqa ma’lumotlarni, axborotlarni olishga haqli.

Abonentlar va foydalanuvchilarning huquqlari bilan havolada tanishing.

Abonentlar va foydalanuvchilarning majburiyatlari bilan havolada tanishing.

Operator tomonidan shartnomaviy majburiyatlar bajarilmasa yoki sifatsiz xizmat ko‘rsatilsa:

  • O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligiga murojaat etish uchun havolaga o‘ting;
Chat