Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 10549 marta o'qildi

Elektr uchun haq to‘lash:
  • maishiy iste’molchi har oyning 10-sanasiga qadar elektr uchun hisob-kitob qilishi shart;
  • agar qarzdorlik bartaraf etilmasa, iste’molchi elektr tarmog‘idan uziladi.

Avtomatlashtirilgan tizimga ulangan yoki oldindan haq to‘lash qurilmasi va hisobga olish priboriga ega bo‘lgan iste’molchilarga elektr energiyasi etkazib berish oldindan to‘langan to‘lov doirasida amalga oshiriladi.

Iste’molchi tomonidan elektr energiyaning haqiqiy sarf hajmi hisobga olish pribori ko‘rsatkichlari asosida aniqlanadi. 

Elektrdan umumiy foydalanishda hisob-kitob:
  • kommunal xonadonda bir nechta oila yashaganda, iste’mol qilingan elektrni ular o‘rtasida taqsimlash nazorat hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlari bo‘yicha amalga oshiriladi;
  • nazorat hisobga olish asboblarini o‘rnatish uchun elektr tarmog‘i korxonasining ruxsati talab etilmaydi;
  • umumiy foydalaniladigan joylarda iste’mol qilingan elektr miqdori amalda yashovchilar soni bo‘yicha taqsimlanadi.

Hisobga olish pribori vaqtincha buzilganda hisob-kitob:
  • hisobga olish pribori iste’molchining aybisiz buzilganda, hisob-kitob pribor buzilishiga qadar yoki hisobga olish tiklangandan keyingi o‘rtacha sutkalik sarf bo‘yicha amalga oshiriladi;
  • hisobga olishni tiklash 1 oydan oshmasligi zarur;
  • agar priborni ob’ektiv sabablarga ko‘ra, 1 oyda tiklab bo‘lmasa, hisob-kitob qilish tartibi iste’molchi va elektr tarmoqg‘i korxonasi kelishuvi bilan belgilanadi.

Hisobga olinmagan elektr miqdorini aniqlash:
  • hisobga olinmagan elektr miqdori dalolatnoma asosida aniqlanadi;
  • maishiy iste’molchi Majburiy ijro byuro qarori yuzasidan e’tiroz bildirish huquqiga ega;
  • qo‘shimcha to‘lov hujjati bo‘yicha 10 kun muddatda haq to‘lanmasa, qarzdorlik majburiy tartibda undiriladi;
  • elektr sarfining qayta hisobi iste’molchini qoida buzganlik uchun javobgarlikdan ozod etmaydi.

Maishiy iste’molchi qarzdor bo‘lib qolsa, to‘lov muddati o‘tgan har bir kun uchun 0,1 foizi miqdorida penya to‘laydi.

Xonadonlar uchun elektr energiya xarajati kalьkulyatori

Chat