Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 5584 marta o'qildi

Yo‘lovchiga chiptada ko‘rsatilgan joyning taqdim etilmasligi oqibatlari:
  • chiptaga binoan yo‘lovchiga joy taqdim qilinmasa, tashuvchi uni boshqa vagondan joy bilan ta’minlashi shart;
  • agar yo‘lovchiga yuqoriroq toifadagi joy berilsa, qo‘shimcha haq undirilmaydi;
  • yo‘lovchiga sotib olgan chiptadan past toifadagi joy berilsa, unga chiptalarning qiymatidagi farq qaytariladi;
  • yo‘lovchi taklif etilgan joyni almashtirishni rad etsa, tashuvchi chiptaning to‘liq qiymatini qaytaradi;
  • poezdda joy berish imkoniyati bo‘lmaganda, tashuvchi yo‘lovchi talabiga binoan boshqa poezddagi mos joyni taqdim qiladi va chiptani qayta rasmiylashtiradi;

Chipta uchun to‘langan pullarni qaytarish:
  • yo‘lovchi poezdni kasalligi tufayli tark etganda, poezdda yurishini to‘xtatgan stantsiyada dalolatnoma tuziladi. Yo‘lovchi talabiga binoan, platskarta qiymati va yo‘lovchi bosib o‘tgan masofa qiymati ayirilib, chiptalar uchun pullar qaytariladi;
  • yo‘lovchining poezdda yurishni rad etishiga poezd harakatidagi uzilish sabab bo‘lsa, stantsiya yo‘lovchi bosib o‘tmagan masofa uchun barcha chiptalarga pullarni qaytaradi;
  • yo‘lovchi poezdga kasallik yoki baxtsiz hodisa oqibatida kechikkanda, yo‘lovchiga poezd jo‘nagan vaqtdan boshlab 3 sutkada chiptaning to‘liq qiymati to‘lab beriladi.

Chat