Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 252513 marta o'qildi

Murojaat qilish tartibi

Ehtiyojmand oiladagi xotin-qiz tavsiyanoma olish uchun doimiy yoki vaqtincha turgan joyidagi tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limiga elektron shaklda murojaat qiladi.

Murojaatlar har yili:

  • 30-maydan 8-iyunga qadar qabul qilinadi;
  • 10 iyunga qadar ishchi guruh tomonidan ko‘rib chiqiladi;
  • 14-iyunga qadar tasdiqlangan tavsiyanomalar hududiy bo‘limlarga yuboriladi;
  • 15-iyunga qadar talabgorlarga etkaziladi.

Tavsiyanoma ishchi guruhning yakuniy bayonnomasi va tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limi buyrug‘i asosida Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan elektron shaklda beriladi.

Tavsiyanomaning amal qilishi

Tavsiyanoma rasmiylashtirilgan sanadan boshlab bir yil amal qiladi va xotin-qizga qo‘shimcha to‘rt foizli davlat granti doirasida tanlovda ishtirok etish huquqini beradi.

Tavsiyanoma o‘qishga avtomatik qabul qilinishi yoki grant ajratilishini kafolatlamaydi. Talabgor kirish imtihonlarida qatnashadi va belgilangan kvota doirasida tanlovdan o‘tadi.

Imtiyoz abiturient ro‘yxatdan o‘tishda tanlagan birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan qo‘llanadi. U ikkinchi yoki keyingi oliy ma’lumot olish uchun tatbiq etilmaydi.

Mazkur tartib Vazirlar Mahkamasining 402-son qarori bilan belgilangan.

Chat