Umumiy o‘rta, professional yoki oliy ma’lumotga ega O‘zbekiston fuqarolari saralashda ishtirok etishi mumkin.
Umumiy yosh chegarasi:
— 18 yoshdan 30 yoshgacha;
— muqaddam kontrakt bo‘yicha harbiy xizmat o‘tagan shaxslar uchun — 40 yoshgacha;
— rezervdagi va zaxiradagi ofitserlar uchun — 40 yoshgacha.
Erkak nomzod muddatli harbiy xizmatni o‘tagan yoki o‘tayotgan, safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmat qilgan yoxud OTMda harbiy tayyorgarlik kursini tugatgan bo‘lishi va harbiy ro‘yxatda turishi kerak.
Umumiy qoidaga ko‘ra:
— erkaklar — kamida 178 sm;
— ayollar — kamida 170 sm bo‘lishi talab etiladi.
Ayrim maxsus mutaxassisliklar, shuningdek Nizomda alohida ko‘rsatilgan fan, madaniyat va yuqori natijali sport vakillariga nisbatan mazkur bo‘y talabi tatbiq etilmaydi.
Eslatma: 178 va 170 santimetrlik talab barcha lavozim va barcha nomzodlarga mutlaq qoida emas. Nizomda belgilangan istisnolar mavjud.
Fuqaro yashash joyidagi Milliy gvardiya bo‘linmasiga belgilangan shaklda ariza bilan murojaat qiladi.
Agar fuqaro turgan joyida:
— ta’lim olayotgan;
— yoki rasmiy mehnat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan bo‘lsa,
shu hududdagi Milliy gvardiya bo‘linmasiga ham murojaat qilishi mumkin. Bu qoida 2025-yil sentyabrda aniqlashtirilgan.
Amaldagi ro‘yxatga:
— pasport yoki ID-karta;
— tug‘ilganlik haqida guvohnoma;
— anketa-ma’lumotnoma;
— erkak nomzod uchun harbiy guvohnoma kiradi.
Hujjatlar to‘liq va ma’lumotlar to‘g‘ri bo‘lsa, nomzod qabul kunining o‘zida dastlabki jismoniy tayyorgarlik sinoviga o‘tkaziladi. Kamchilik bo‘lsa, uni bartaraf etib navbatdagi qabul kuni kelish tushuntiriladi.
Saralash quyidagi asosiy bosqichlardan iborat:
Navbatdagi jismoniy va psixologik saralash tadbirlarining joyi va vaqti haqida nomzodga kamida 3 kun oldin xabar beriladi.
Jismoniy tayyorgarlik sinovidan qoniqarsiz natija olgan nomzod uni baholangan kundan boshlab 1 yil ichida 2-marta qayta topshirishi mumkin. Shu kunning o‘zida qayta topshirishga ruxsat berilmaydi.
Xuddi shunday, psixologik testdan qoniqarsiz natija olgan nomzod ham 1 yilda 2-marta qayta sinovdan o‘tishi mumkin.
Oldingi bosqichlardan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzod harbiy-tibbiy komissiyaga yuboriladi.
Tibbiy ko‘rikda harbiy xizmatga yaroqsiz yoki davolanib keyin qayta ko‘rikdan o‘tishi kerak deb topilgan nomzod kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilinmaydi.
Saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzod Milliy gvardiya belgilaydigan maxsus tekshiruvdan o‘tadi.
Agar lavozim davlat siri bo‘lgan ma’lumotlar bilan ishlashni nazarda tutsa, nomzod uchun tegishli ruxsatnoma ham rasmiylashtiriladi. Maxsus tekshiruv va bunday ruxsatnomani rasmiylashtirish talablari xizmat siri hisoblanadi va oshkor qilinmaydi.
Doimiy komissiya bayonnomasi tasdiqlangan vaqtdan boshlab 1 yil davomida haqiqiy hisoblanadi. Bayonnoma nusxasi tegishli bo‘linmaga kelib tushgach, nomzod u bilan 5 kun ichida tanishtirilishi kerak.