
Ijtimoiy loyiha granti — xotin-qizlarni doimiy ish bilan ta’minlash yoki ularning tadbirkorlik, sport, san’at va madaniyat sohasidagi ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan loyihani moliyalashtirish uchun ajratiladigan qaytarilmaydigan yordam.
Grant «Ayollar daftari» jamg‘armasi hisobidan BHMning 60 baravarigacha miqdorda beriladi.
Grant uchun:
Loyiha tegishli mahallada yashovchi Ijtimoiy reestrga kiritilgan oilalarning kamida 3 nafar xotin-qizini ish bilan ta’minlash yoki ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan bo‘lishi kerak.
Ariza beruvchi:
Loyihada yaratiladigan ish o‘rinlari, ish haqi, ish sharoiti, sotuv bozori, mavjud tajriba va xodimlarni kasbga o‘qitish imkoniyatini aniq ko‘rsatish maqsadga muvofiq.
Jismoniy shaxsga grant mablag‘i naqd pulda berilmaydi. Loyihani amalga oshirish uchun zarur:
Nodavlat tashkilotga mablag‘ shartnoma asosida ish o‘rni yaratish, ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatishni kengaytirish, xomashyo xarid qilish va xodimlarni o‘qitish uchun uning bank hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
Loyihalar har yili yanvarь oyi oxiriga qadar mahalladagi xotin-qizlar faoliga taqdim etiladi. «Mahalla ettiligi» ularni 20 fevralga qadar ko‘rib chiqib, eng yaxshi 3 ta loyihani tuman yoki shahar komissiyasiga kiritadi.
Komissiya mahalla kesimida bitta g‘olib loyihani tanlaydi. G‘oliblar har yili 8-martga qadar e’lon qilinadi, grantdan bir yilda bir marta foydalanish mumkin.
Baholashda:
Mehnat migratsiyasidan qaytgan, nogironligi bo‘lgan, norasmiy mehnat qilayotgan, tazyiq yoki zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan, ishsiz bitiruvchi va boshqa ijtimoiy ehtiyojmand xotin-qizlarni qamrab olgan loyihalarga alohida e’tibor qaratiladi.