Ruxsatnoma bino yoki inshootning ixtisoslashishini o‘zgartirish, uni qayta qurish yoki rekonstruktsiya qilish, shuningdek, tegishli hududda qo‘shimcha bino va inshoot qurishni loyihalashtirish uchun olinadi.
Quyidagi hollarda ruxsatnoma talab etilmaydi:
Ruxsatnoma davlat siri bilan bog‘liq, alohida muhim ob’ektlarga hamda engil va vaqtinchalik qurilmalarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ariza Davlat xizmatlari markazi yoki YaIDXP orqali beriladi. Turar joyni noturar joyga o‘tkazishda barcha hammulkdorlarning notarial tasdiqlangan roziligi ilova qilinadi. Madaniy meros ob’ekti bo‘yicha tegishli ijobiy xulosa talab qilinadi. Boshqa ma’lumotlar idoralararo elektron hamkorlik orqali olinadi.
Davlat xizmati uchun yig‘im ob’ektning xavf-xatar toifasiga qarab:
Hisobvaraq yuborilganidan keyin yig‘im 5 ish kunida to‘lanadi. Vakolatli organ ob’ektni o‘rganib, ruxsatnoma berish yoki rad etish to‘g‘risida 7 ish kunida qaror qabul qiladi.
Ruxsatnoma 2 yil amal qiladi. Uning talablari shu muddatda bajarilmasa, ruxsatnoma o‘z kuchini yo‘qotadi va yangi ariza berish lozim bo‘ladi.
Muhim: ushbu ruxsatnoma qurilish ishlarini bevosita boshlash uchun asos emas. Ob’ekt xususiyatiga qarab loyiha hujjatlarini kelishish, ekspertizadan o‘tkazish va qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun alohida ruxsat olish talab etiladi.
Rad etish sabablari bartaraf etilsa, ariza beruvchi 10 ish kunida yig‘imsiz qayta murojaat qilishi mumkin.