Fuqarolar yig‘ini fuqarolar yig‘ini raisi yoki kengashi tomonidan zaruratga qarab, lekin har chorakda kamida bir marta chaqiriladi.
Fuqarolar yig‘ini quyidagilarning tashabbusi bilan ham chaqirilishi mumkin:
Fuqarolar yig‘inida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aholining yarmidan ko‘prog‘i hozir bo‘lsa, yig‘in vakolatli hisoblanadi.
Yig‘inni olib borish uchun rayosat saylanadi. Yig‘inni fuqarolar yig‘ini raisi yoki uning o‘rinbosarlaridan biri olib boradi.
Masalalar bo‘yicha qarorlar ochiq yoki yashirin ovoz berish orqali oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Yig‘inda bayonnoma yuritiladi. Unda:
Bayonnoma va qaror fuqarolar yig‘ini raisi hamda mas’ul kotib tomonidan imzolanadi. Rais bo‘lmagan taqdirda ular rais maslahatchilaridan biri va mas’ul kotib tomonidan imzolanadi.
Agar fuqarolar yig‘inini chaqirish imkoni bo‘lmasa, fuqarolar yig‘ini kengashi fuqarolar vakillarining yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Unda hovlilar, uylar va ko‘chalardan saylangan yoki belgilangan fuqarolar vakillari ishtirok etadi. Vakillik normasi fuqarolar yig‘ini raislari saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi tegishli komissiya tomonidan belgilanadi.
Fuqarolar vakillarining yig‘ilishi vakillarning kamida uchdan ikki qismi ishtirok etsa, vakolatli hisoblanadi.
Tegishli hududda joylashgan korxona, muassasa va tashkilot vakillari o‘z faoliyatiga daxldor masalalar muhokamasida maslahat ovozi bilan ishtirok etishi mumkin.