«To‘maris izdoshlari» guruhiga xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olishga ko‘maklashish istagini bildirgan 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan xotin-qizlar ko‘ngilli asosda qabul qilinadi.
Nomzod tuman (shahar) ichki ishlar organi yoki tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i nomiga ariza beradi.
Har bir tuman va shaharda 2 nafardan, kriminogen vaziyati og‘ir hududlarda esa 3 nafardan a’zo belgilanadi.
Guruh a’zolari:
Faoliyat bir yilda jami 360 soat, bir kunda esa 3 soatdan ko‘p bo‘lmagan vaqt davomida amalga oshiriladi va o‘qish yoki ish jarayoniga salbiy ta’sir qilmasligi kerak.
Guruh a’zosi ichki ishlar organi xodimi hisoblanmaydi. U o‘zini huquq-tartibot organi xodimi deb tanishtirishi, maxsus vosita yoki o‘qotar quroldan foydalanishi mumkin emas.
Munosib hissa qo‘shgan a’zoga Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘ining tavsiyanomasi berilishi mumkin. Nomzod saralashning barcha bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgach, belgilangan kvota doirasida yakka tartibdagi suhbatsiz yoki test sinovlarisiz o‘qishga kirish huquqiga ega bo‘ladi.
Tartib Vazirlar Mahkamasining 21-son qarori bilan belgilangan.