Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 28217 marta o'qildi

Qisqartirilgan ish vaqti

O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga muvofiq, uch yoshga to‘lmagan bolaning byudjetdan moliyalashtiriladigan tashkilotda ishlaydigan ota-onasidan biriga yoki vasiysiga haftasiga 35 soatdan oshmaydigan ish vaqti belgilanadi.

Qisqartirilgan ish vaqtidan:

  • bolaning onasi;
  • bolaning otasi;
  • bolaning vasiysi foydalanishi mumkin.

Ushbu kafolat oilaviy vazifalarni bajarayotgan shaxslardan biriga beriladi.

Qisqartirilgan ish vaqtida xodimning mehnati to‘liq ish vaqtida ishlaydigan tegishli xodim uchun belgilangan miqdorda to‘lanadi.

Byudjetdan moliyalashtirilmaydigan ish beruvchilarda ishlaydigan ota-ona yoki vasiy uchun qisqartirilgan ish vaqti:

  • jamoa kelishuvida;
  • jamoa shartnomasida;
  • ish beruvchining kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilgan ichki hujjatida belgilanishi mumkin.

Tungi va ish vaqtidan tashqari ishlar

Homilador ayol, o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bolaning yoki o‘n olti yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolaning ota-onasidan biri, shuningdek ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxs faqat yozma roziligi bilan:

  • tungi ishlarga;
  • ish vaqtidan tashqari ishlarga;
  • dam olish kunlaridagi ishlarga;
  • ishlanmaydigan bayram kunlaridagi ishlarga jalb qilinishi yoki xizmat safariga yuborilishi mumkin.

Ish beruvchi xodimni bunday ishdan yoki xizmat safaridan voz kechish huquqi mavjudligi haqida oldindan xabardor qilishi shart.

Tibbiy xulosa talab qilinadigan holat

Homilador ayolni yoki uch yoshga to‘lmagan bolasi bor ayolni tungi ishga jalb qilishga faqat bunday ish ayol va bolaning hayoti hamda sog‘lig‘iga xavf tug‘dirmasligini tasdiqlovchi tibbiy xulosa mavjud bo‘lganda yo‘l qo‘yiladi.

Yozma rozilikning o‘zi etarli emas: qonunda tibbiy xulosa talab qilingan holatda ish beruvchi ushbu hujjatsiz xodimni tungi ishga jalb qila olmaydi.

Chat