Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 38259 marta o'qildi

Homilador ayolga yillik mehnat ta’tili

O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga muvofiq, homilador ayolga va bola tuqqan ayolga yillik mehnat ta’tili uning xohishiga ko‘ra:

  • homiladorlik va tug‘ish ta’tilidan oldin;
  • homiladorlik va tug‘ish ta’tilidan keyin beriladi.

Homilador ayolni yillik mehnat ta’tilidan chaqirib olishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Bolani parvarishlash ta’tilidan foydalanayotgan xodim yillik mehnat ta’tilini bola parvarishlash ta’tilidan oldin yoki undan keyin olishi mumkin.

Bolaning otasi uchun kafolat

Ishlaydigan erkakka xotinining homiladorlik va tug‘ish ta’tili davrida o‘z xohishiga ko‘ra yillik mehnat ta’tili:

  • birinchi ish yilida — ishlab berilgan vaqtdan qat’i nazar;
  • keyingi ish yillarida — ta’tillar jadvalidan qat’i nazar beriladi.

Qulay vaqtda ta’til olish huquqi

Quyidagi shaxslarga yillik mehnat ta’tili ularning xohishiga ko‘ra qulay vaqtda beriladi:

  • o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bir yoki undan ortiq bolani tarbiyalayotgan yolg‘iz ota yoki yolg‘iz onaga;
  • o‘n olti yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolani tarbiyalayotgan yolg‘iz ota yoki yolg‘iz onaga;
  • muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarning xotinlariga.

Haq to‘lanadigan qo‘shimcha ta’til

O‘n ikki yoshga to‘lmagan ikki yoki undan ortiq bolaning yoxud o‘n olti yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolaning ota-onasidan biriga har yili kamida to‘rt kalendarь kun haq to‘lanadigan qo‘shimcha ta’til beriladi.

Ushbu ta’til:

  • yillik mehnat ta’tiliga qo‘shilishi;
  • alohida to‘liq yoki qismlarga bo‘lingan holda olinishi mumkin.

Uni keyingi ish yiliga ko‘chirish yoki pulli kompensatsiya bilan almashtirish mumkin emas.

Ish haqi saqlanmaydigan ta’til

Shunday ota-onadan biriga uning xohishiga ko‘ra har yili o‘n to‘rt kalendarь kungacha ish haqi saqlanmaydigan ta’til beriladi.

Amaldagi qoidada mazkur ta’til “kamida 14 kun” emas, balki “14 kalendarь kungacha” berilishi belgilangan.

Chat