O‘ziga nisbatan tazyiq yoki zo‘ravonlik sodir etilishi tahdidi mavjud bo‘lgan yoxud bunday harakatlar oqibatida jabrlangan ayol tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchi hisoblanadi.
Jabrlanuvchi:
Moddiy zararni undirish va ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilish haqida sudga murojaat qilgan jabrlanuvchi davlat boji to‘lashdan ozod qilinadi.
Shoshilinch xavf mavjud bo‘lsa, 102 raqamiga xabar berish kerak. Maslahat va axborot olish uchun 112 yagona dispetcherlik xizmati yoki 1146 ishonch telefoniga murojaat qilish mumkin.
Tazyiq va zo‘ravonlik haqida jabrlanuvchining o‘zi, uning qonuniy vakili, boshqa jismoniy yoki yuridik shaxslar, davlat organlari va tashkilotlar xabar berishi mumkin.
Ichki ishlar organlari og‘zaki yoki yozma xabarni olgach, zo‘ravonlikka chek qo‘yish va uning takrorlanishining oldini olish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan choralar ko‘radi.
Jabrlanuvchi himoya orderi, vaqtinchalik boshpana, tibbiy, psixologik, ijtimoiy va huquqiy xizmatlardan foydalanishi mumkin.
Bir kalendarь yil davomida tazyiq yoki zo‘ravonlik bo‘yicha ikki va undan ortiq murojaat kelib tushsa, ichki ishlar organi himoya orderini tashabbus tartibida beradi.
«Inson» markazining kunduzgi ijtimoiy, psixologik va huquqiy xizmatlarini olish uchun himoya orderi talab etilmaydi. Jabrlanuvchining roziligi bilan u va voyaga etmagan farzandlari xavfsiz boshpanaga joylashtirilishi mumkin.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi jabrlanuvchining huquq va qonuniy manfaatlarini ko‘zlab, sudga davlat bojisiz ariza, shikoyat yoki da’vo kiritishi hamda sudda vakili orqali ishtirok etishi mumkin.
Tartib «Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonun, Vazirlar Mahkamasining 3-son qarori, Prezidentning PQ-175-son qarori va Vazirlar Mahkamasining 354-son qarori bilan belgilangan.