Prezidentning 2024-yil 10-maydagi PQ-175-son qarori va Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-iyundagi 354-son qarori asosida tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga kompleks ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatiladi.
Murojaat qilish mumkin:
Murojaatni jabrlangan shaxsning o‘zi, boshqa jismoniy yoki yuridik shaxslar, ijtimoiy xodim yoki patronaj hamshira ham berishi mumkin.
«Inson» markazining ijtimoiy, psixologik va yuridik xizmatlaridan foydalanish uchun himoya orderi talab etilmaydi.
Zo‘ravonlik haqida xabar bergan uchinchi shaxsga doir ma’lumotlar sir saqlanishi shart.
Murojaat ichki ishlar organlarida ro‘yxatga olinadi va profilaktika inspektoriga darhol yuboriladi.
Profilaktika inspektori 24 soat ichida:
Ijtimoiy xodim shaxs va uning voyaga etmagan farzandlari holatini bir ish kuni ichida dastlabki baholaydi.
«Inson» markazlari quyidagi xizmatlarni ko‘rsatadi:
Xotin-qizlar va ularning voyaga etmagan farzandlari shoshilinch qabul bo‘limi mavjud shifoxonalardagi birlamchi ko‘mak xonalariga uch sutkagacha joylashtirilishi mumkin. Bu erda tibbiy yordam, psixiatr ko‘rigi, ovqat va shaxsiy gigiena vositalari ta’minlanadi.
Chuqurlashtirilgan reabilitatsiya zarur bo‘lsa, shaxsning roziligi va belgilangan tartib asosida hududiy reabilitatsiya markaziga joylashtiriladi. U erda tibbiy, psixologik, ijtimoiy va huquqiy xizmatlardan iborat yakka tartibdagi reabilitatsiya dasturi ishlab chiqiladi.
Barcha xizmatlar shaxsning roziligi, xavfsizligi va shaxsga doir ma’lumotlarning maxfiyligi ta’minlangan holda ko‘rsatilishi kerak.
Xizmatlardan foydalangan shaxsning ijtimoiylashuv holati zaruratga ko‘ra olti oy davomida monitoring qilinadi.